Uzbekistan Airways
Ushbu reklama videorolikida Uzbekistan Airways muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradigan va potensial iste’molchilar orasida eng katta qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlar jamlangan. Ko‘pincha reklama roliklari, aksincha, mashhur bo‘lmagan yo‘nalishlarni targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, biz boshqacha yo‘l tutdik – biz uchun O'zMTRK telekanallaridagi reklamalardan so‘ng yangi reyslar ochish istagini bildiruvchi potensial yo‘lovchilardan fikr-mulohazalar olish muhimdir – odatda ular shaharlar yoki butun mamlakatlarni taklif qilishadi.
Ushbu videorolik ilk bor Parijdagi Olimpiya o‘yinlari boshlanadigan kuni O‘zMTRK tarmog‘i telekanallarida “prime-time”da namoyish etildi. Videorolikning translyatsiyasi olimpiada boshlangan kundan boshlab olti oygacha davom etadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu rolikdagi materiallar qisman BBC tarmog‘i (telekanallar va bannerli internet-reklama) orqali Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forum davomida, shuningdek, 2024-yilning birinchi yarmida Rossiya Federatsiyasi hududida Rossiya 24 (VGTRK) telekanali orqali efirga uzatildi.