iRamen restorani tashqi reklamasi
Restoran va kafelar o'rtasidagi raqobat tobora kuchayib borayotgan dunyoda mehmonlar e'tiborini jalb qilish va ularning sodiqligini oshirishning yangi usullarini izlash zarurati tug'iladi. Biz ham bunday muammoga duch keldik, chunki bizning loyihamiz kafe va restoranlar juda ko'p bo'lgan Seul Mun'da joylashgan. Bu joyning o'zida tashrif buyuruvchilar oqimi yaxshi, lekin oziq-ovqat maskanlari ko'p bo'lgani uchun ularni imkon qadar e'tiborini jalb qilish va bizni tanlashga undash kerak edi. Shunchaki o'tib ketayotgan odamlarning qiziqishi va hissiyotlarini uyg'otish uchun biz esda qolarli reklama ob'yektini, ya'ni asosiy mahsulotimiz installyatsiyasini o'rnatishga qaror qildik. Installyatsiya ramen kosasi va yapon tayoqchalari yordamida harakatlanuvchi ugradan tashkil topgan. Biz uni yo'lakka o'rnatdik - va maqsadga erishdil! Art-ob'yekt shu zahotiyoq o'tayotganlar e’tiborini tortdi va ularni restoranga, oshxonaga qiziqishini uyg'otib, uning yonida selfi olishga undadi. G‘oyaning o‘ziga xosligi va reklamaga kreativ yondashuv tufayli biz ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy sharhlar to'plashda muvaffaq bo‘ldik. Installyatsiya o'rnatish natijasida restoranga tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada oshdi, shuningdek, ularning xizmat ko'rsatish sifati va taklif etilayotgan taomlardan qoniqish darajasi oshdi.