Halol va ochiq. Paynet.
Har kuni oʻzbekistonlik foydalanuvchilar Google va Yandeksda millionlab qidiruvlarni amalga oshiradi.Odamlar oʻzlarida tugʻilgan savollarga internetdan javob izlashga odatlanib qolishgan, ammo hamma kompaniyalar ham bunga hali moslashgani yo’q.
Oʻzbekistonda saytlar, asosan, sekinlik bilan yangilanadigan eʼlon taxtachasiga aylanib qolgan, vaholanki, maʼlumot taqdim etadigan, barcha foydalanuvchilar uchun shaffoflik va qulaylikni taʼminlaydigan onlayn-platformalarga talab katta. Oʻzbekistonda 60 000 dan ortiq aholi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Ularning ko’pchiligi uchun onlayn-maydonlardan foydalanish deyarli imkonsiz.
Foydalanuvchilar, ayniqsa moliyaviy institutlar haqida gap ketganida, ochiqlik va rostgoʻylikni qadrlaydilar. Ularga kompaniya haqidagi toʻliq va haqiqiy maʼlumotga kira olishi, biznes oʻzi aslida qanday ishlashishini bilish muhim. Shuningdek, jismoniy imkoniyati qanday ekanligidan qatʼi nazar, hammaga foydalanish imkoniyatini taʼminlash oʻta muhim.
Biz oʻz saytimizni aksiyadorlik jamiyati shakliga moslashtirib, uni moliyaviy texnologiyalar sohasidagi shaffoflik va ochiqlikning ramziga aylantirdik. Biz, foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlar, boshqaruv tuzilishi, rahbariyat va ichki hujjatlardan iborat kompaniya haqidagi muhim maʼlumotlar bilan tanishib chiqa olishlari uchun koʻplab bandlarni kiritdik.
Bundan tashqari, koʻzi ojiz va qulogʻi eshitmaydigan foydalanuvchilar uchun plaginlarni integratsiya qilib, mijozlarining qulayligi haqida qaygʻuradigan sanoqli fintech-kompaniyalar qatoridan joy oldik.